Armaniston Rossiyaning harbiy bazasini haydab chiqaradimi?
Olam
−
23 noyabr 2023 7216 2 daqiqa
Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, shuningdek, Gyumri shahridan Rossiyaning 102-harbiy bazasini olib chiqish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mnatsakan Safaryan brifingda ma’lum qildi.
“Hozirda kun tartibimizda bunday mavzular yo‘q”, deydi u jurnalistning tegishli savoliga to‘xtalib.
Uning qayd etishicha, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ishchi xarakterga ega, tomonlar ularni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
“Bu ish munosabatlari. Tabiiyki, ayrim masalalarda kelishmovchiliklar mavjud. Biz ularni hal qilish ustida ishlashda davom etamiz”, deydi u.
KXSHTning Minskdagi sammiti tashkilot va Armaniston munosabatlari yomonlashgani fonida o‘tmoqda. Pashinyan avvalroq KXSHTni 2021 yil mayi va 2022 yil sentyabr oylarida Baku bilan to‘qnashuvlar vaqtida Yerevanga yordam bermaganlikda ayblagan edi. Shu fonda Armaniston KXSHTdan mamlakatga yordam berish masalasini kun tartibidan olib tashlashni so‘radi va Pashinyanning o‘zi Lukashenkoga Minskka borish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi rahbarlari sammit oldidan tashkilot tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda qatnashmadi. Respublika parlamenti spikeri Alen Simonyan dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan KXSHT Parlament Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi elchisini chaqirib olgan va yangisini tayinlamagan edi. Ayni paytda Yerevan tashkilotni tark etmoqchi emasligini aytmoqda.
Live
Barchasi