Armaniston Putinni hibsga olmaslikka va’da berdi
Olam
−
02 aprel 2023
10096Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armanistonga borgan taqdirda mamlakat rasmiylari uni hibsga olishga majbur bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Armaniston hukumati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan uning mamlakatga tashrifi munosabati bilan hibsga olmaydi. Bu haqda mamlakat parlamenti vitse-spikeri Akop Arshakyan “Armenpress” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Tabiiyki, hukmron partiya va jamoaning bunday niyati ham, istagi ham yo‘q”, deydi Arshakyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Rossiyaning xavotirlariga quloq solgan. Shuningdek, vitse-spiker Rim statutining ratifikatsiya qilinishi Putinning Armanistonga kelsa hibsga olinishini muqarrar qiladi, degan fikrni rad etgan.
“Yaqinda biz boshqa davlat bilan shartnoma imzoladik, unga ko‘ra Rim statuti ikki tomonlama munosabatlarimizga ta’sir qilmaydi. Bir narsa aniq: biz Rossiya tomonidan bildirilgan xavotirlarni eshitdik va o‘ylaymanki, biz Rim nizomi bilan bog‘liq keyingi jarayonni ta’minlash Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi strategik munosabatlarga putur yetkazmasligini ta’minlay olamiz ", deya ishontirgan Arshakyan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Putinni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab, uni qamoqqa olishga order bergandi. Shundan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro jinoiy sudning qarorlari Rossiya uchun ahamiyatga ega emasligini ma’lum qilib, buni mamlakatning Rim statutini imzolamagani, shu sababli uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga olmasligi bilan izohlagandi.
20 mart sanasida esa Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ma’muriyati rahbari Gergey Guyyash Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vengriyaga kelsa, rasmiylar uni hibsga olmasligini aytgan edi.
LiveBarchasi