Armaniston Prezidenti YeIga qo‘shilishni ma’qulladi
Olam
−
04 aprel
2938Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi tomonidan Armanistonning qo‘shilishiga hech qanday taklif bo‘lmagan. Rossiya tomoni esa Yerevanning bir vaqtning o‘zida Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lishini imkonsiz deb hisoblaydi.
Bosh vazir Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqqa qo‘shilish to‘g‘risidagi qaror faqat umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston parlamenti a’zolari “Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi