Armaniston Prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Olam

image

Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Interfaks” xabar бермоқда.

“Prezidentning yuragi bilan bog‘liq muammolar mavjud. U “Astxik” tibbiyot markazida kasalxonaga yotqizilgan, hozirda stentlash operatsiyasi olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Prezident Matbuot xizmati “Interfaks”ga Armen Sarkisyanning koronavirus bilan bog‘liq asoratlari borligini ma’lum qildi.

“Koronavirus bilan bog‘liq holda, Armaniston Prezidenti bir qancha asoratlarni boshdan kechirdi. U hozirda “Astxik” tibbiyot markazida tekshiruvdan o‘tmoqda” deya ta’kidlagan Matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan vaqtda koronavirus yuqtirib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing