Armaniston parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 24 may kuni Armaniston Milliy Assambleyasida (parlament) hukmron fraksiya deputatlari va muxolifat o‘rtasida janjal chiqib, u mushtlashuvga aylandi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Aytilishicha, muxolifatdagi “Armaniston” (“Ayastan”) fraksiyasi a’zosi, Sisian shahrining sobiq meri Artur Sarkisyan parlament majlisida o‘zini bir paytlar qamoqqa tashlagan sudya Armen Daniyelyanni tanqid qilgan. Shundan so‘ng u bilan “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi vakili Ovik Agazaryan o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqan va bu mushtlashuvga aylangan. Unga hukmron fraksiyaning boshqa vakillari ham qo‘shilgan.

Hodisani to‘xtatish uchun spiker Alen Simonyan xavfsizlik xizmatiga muxolifatchi deputatni zaldan olib chiqishni buyurgan. Muxolifatchi olib chiqilgan, biroq Sarkisyan qo‘riqchilarning harakatlarini noqonuniy deb atagan va ular "hali javob berishlarini" va’da qilgan.

Muxolifatchilar yig‘ilish xonasidan olib chiqilgach, ular bilan xavfsizlik xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Muxolifatdan chiqqan deputatlar nega hokimiyat vakillarini emas, balki ularni olib chiqishayotganiga e’tiroz bildirgan.

Aytish joizki, “Fuqarolik shartnomasi”ning ayrim vakillari ham koridorga chiqib, vaziyatni yumshatishga harakat qilgan. Keyinroq “Armaniston” muxolifat partiyasi deputati Ishxan Sagatelyan voqeani izohlar ekan, Artur Sarkisyan so‘zini tugatgandan so‘ng deputat Ovik Agazaryan uning ortidan “O‘tir va suvni loyqalama”(“Syad i ne ripaysya”), deya baqirganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

deputat Armaniston parlament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing