Armaniston Ozarbayjon ustidan sudga murojaat qildi

Olam

image

Armaniston inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilib, Ozarbayjon tomonidan Lochin koridorini bloklagani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda 14 dekabr kuni mamlakatning xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha vakili idorasi ma’lum qildi. 

“Armaniston Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilib, Ozarbayjonga nisbatan vaqtinchalik choralar qo‘llash va uni to‘sib qo‘yilgan Lochin yo‘lagini ochishga majburlash talabi bilan murojaat qildi. Hozirgi jarayonlar va xalqaro sudlar bilan vaziyatning yanada rivojlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, deyiladi xabarda. 

Joriy yilning 12 dekabr kuni o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Yerevan bu qadamni rasmiy Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi.

Ozarbayjon nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari Qorabog‘ viloyatidagi Shusha-Lochin yo‘lida rossiyalik harbiylarning vaqtinchalik nazorati ostidagi hududlarni kuzatish taqiqlanganini qoralagan mitingni hamon davom ettirmoqda. 

Faollar ekologik terror, konlardan noqonuniy foydalanishga qarshi shiorlar aytmoqda, Rossiyaning Qorabog‘dagi harbiy kontingenti qo‘mondoni Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing