Armaniston Ozarbayjon ustidan BMT sudiga murojaat qildi

Olam

image

Bugun, 30 yanvar kuni Birlashgan millatlar tashkiloti xalqaro sudiga Armaniston vakili Yegishe Kirakosyan Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi etnik armanlarga nisbatan Lochin yo‘lagini to‘sib, bosim o‘tkazyotgani ustidan murojaat qildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Armaniston vakilining aytishicha, Ozarbayjon Lochin yo‘lagini to‘sib, etnik armanlarga bosim o‘tkazmoqda. Hududda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoni yo‘qligi sababli bir kishi vafot etgan va boshqa ko‘plab odamlar ham xuddi shunday taqdirga duchor bo‘lishi mumkin. Do‘konlar javonlari bo‘m-bo‘sh, aholiga oziq-ovqat yetishmayapti. Savdo va biznes to‘xtatilgan, muntazam ravishda gaz o‘chirilgan, elektr ta’minoti uzilib qolgan.

“Ozarbayjon bu qamalni hech kim ishonmaydigan ertaklar bilan oqlaydi. Barcha va’dalarga qaramay, Baku bu yo‘lak bo‘ylab odamlar, tovarlar va transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda. Shuning uchun bu sudga murojaat qilish yo‘lakni ochish uchun so‘nggi umidimizdir”, dedi Armaniston vakili. 

Shuningdek, Kirakosyan vaziyatni hal qilishga urinishlar ko‘plab xalqaro va nohukumat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgani, biroq ularning sa’y-harakatlari muvaffaqiyat qozonmaganini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Armaniston 2021 yilda ham Xalqaro sudga Ozarbayjon ustidan shikoyat qilgan edi. Unda Ozarbayjon o‘nlab yillar davomida yuzaga kelgan irqiy kamsitishda ayblangandi. O‘sha yilning o‘zida Ozarbayjon ham qarshi da’vo bilan Armaniston mintaqada ozarbayjonlarga nisbatan milliy va etnik kelib chiqishiga ko‘ra bir qancha kamsitish harakatlarini sodir etgani va qilishda davom etayotganini da’vo qilgandi. Sud esa ish yuritish davomida taraflar o‘rtasida keskinlik kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqtinchalik choralar qo‘llashni belgilagan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Lochin_yo'lagi Tog'li_Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing