Armaniston Ozarbayjon tomonni o‘qqa tutdi

Olam

image

Armaniston tomoni Qorabog‘da Ozarbayjon tomoniga o‘q uzishda davom etmoqda. Navbatdagi qurolli provokatsiya Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 4 sentyabrdan 5 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari davlat chegarasidagi Bosarkecher tumani Quyi Sho‘rja va Yuqori Sho‘rja aholi punktlari yo‘nalishidagi pozitsiyalaridan Ozarbayjon armiyasining Kalbajar viloyati Yellija va Zivel aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon qo‘shinlarining pozitsiyalarini intensiv o‘qqa tutgan. 

“Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan munosib qarshi choralar natijasida dushman bostirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi joriy yilning 2 sentyabr kuni arman qurolli tuzilmalari Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini 19 marta o‘qqa tutganini xabar qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Qorabog'

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing