“Armaniston Ozarbayjon bilan tinchlik bitimini tuzishga tayyor”. Pashinyan Baku javob bermayotganini ro‘kach qildi
Olam
−
22 aprel 2023 4402 1 daqiqa
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevanning Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi loyihasini imzolashga tayyorligini bildirdi. Ammo Baku bunga javob bermayapti. Bu haqda bosh vazir kecha, 21 aprel kuni parlamentda ma’lum qilgan.
“Men Ozarbayjon tomoniga taqdim etgan hujjatni imzolashga tayyorman, biroq Ozarbayjon buni qabul qilmayapti. Biz nima qilishni hal qilishimiz kerak. Bizda Armaniston kelajagiga oid qarorlar qabul qilish uchun yetarlicha legitimlik (xalq ishonchi) va mandat bor”, deydi u.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Yerevan va Baku Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshlagan. Har ikki davlat vaqti-vaqti bilan ushbu shartnoma matni bo‘yicha takliflar almashdi.
Eslatib o‘tamiz, Nikol Pashinyan so‘ngi qilgan murojaatida chegarada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti missiyasini joylashtirish shartini ma’lum qilgan edi. U KXSHTning kuzatuvchi missiyasi Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga joylashtirilsa, u o‘z samarasini ko‘rsatishi kerakligini aytib o‘tgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr