Armaniston Qurolli kuchlarini Qorabog‘dan to‘liq olib chiqmagan – Aliyev

Olam

image

Agar Armaniston haqiqatan ham uzoq kutilgan tinchlikka erishishdan manfaatdor bo‘lsa, uning Qurolli kuchlari Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasini butunlay tark etishi kerak. Bu hududdagi arman harbiy va harbiylashtirilgan tuzilmalari qurolsizlantirilishi kerak. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 5 iyul kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Prezidentning qayd etishicha, Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga majbur bo‘lgan bo‘lsa-da, Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududida hamon arman qurolli kuchlarining qoldiqlari saqlanib qolgan.  

“Armaniston Ozarbayjonni Naxchivan Muxtor Respublikasi bilan bog‘lashi kerak bo‘lgan Zangezur yo‘lagi ochilishiga ham to‘sqinlik qilmoqda, bu Armanistonning qariyb uch yil avval imzolangan taslim bo‘lish aktidan kelib chiqqan yana bir majburiyati”, deydi Aliyev. 

Aliyevga ko‘ra, Qorabog‘ Armaniston mustamlakasidan ozod qilingach, Ozarbayjon bugun bir qator juda katta muammolarga duch kelmoqda. Ilgari bosib olingan hududlardagi vayronagarchiliklar ko‘lami bizni rasmiy Bakuni hayratda qoldirgan. Prezidentning alohida urg‘ulashicha, Armaniston Qorabog‘ni qasddan vayron qilgan,  shahar va qishloqlarini toshbo‘ron qilgan, barcha madaniy va diniy obidalarni, jumladan masjidlarni harom maskanga aylantirgan, talon-taroj qilgan. Armaniston bosib olingan hududlarda urbitsid, madaniyatsid va ekotsidni amalga oshirgan. 

“Ilgari bosib olingan hududlardagi 67 ta masjiddan 65 tasi vayron qilingan,  qolganlari cho‘chqa va sigirlar uchun ohor sifatida foydalanilgan, bu esa dunyodagi barcha musulmonlar uchun haqoratdir”, deydi Aliyev. 

Uning bildirishicha, Armaniston transchegaraviy ekologik ofat yaratishda davom etmoqda, bu safar Ozarbayjonning Naxchivan Muxtor Respublikasi bilan chegarasida. Bu bilan Armaniston 1991 yildagi Transchegaraviy kontekstda atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi konvensiyadan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadi, unda tegishli davlatlar salbiy transchegaraviy ta’sirlarning oldini olish uchun bir-biri bilan maslahatlashishi kerakligi aniq ko‘rsatilgan. 

Qorabog‘ urushi 

2020 yil 14 iyul kuni Ozarbayjon-Armaniston chegarasida ro‘y bergan to‘qnashuvda Ozarbayjon armiyasining bir general-mayori boshliq 7 nafar askarning shahid bo‘lishi Qorabog‘ning ozod qilinishiga olib kelgan operatsiyaning boshlanishi bo‘ldi. 27 sentyabr kuni Armaniston qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ yaqinidagi tinch aholi punktlariga o‘t ochdi, Ozarbayjon o‘z yerlarini ishg‘oldan ozod qilish uchun “Qasos” qarshi hujumini boshladi, natijada bosib olingan yerlar birin-ketin ozod qilindi.

2020 yilning 9 noyabridan 10 noyabrga o‘tar kechasi “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi.

44 kunlik urush yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi mamlakatning 5 shahri, 4 ta posyolka va 286 ta qishlog‘ini arman bosqinchilaridan ozod qildi. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining 2,9 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi o‘z ona yurtlarini ozod qilish uchun kurashda halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' Qo'shilmaslik harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing