Armaniston Saudiya Arabistoniga ilk elchisini tayinladi

Olam

image

Armaniston Prezidenti Vaagn Xachatryanning farmoni bilan mamlakatning qator davlatlardagi elchilari tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Shunga ko‘ra, mamlakatning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Karen Grigoryan bir vaqtning o‘zida Armanistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi etib ham tayinlandi. Uning tegishli diplomatik qarorgohi BAA poytaxti Abu-Dabida bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Armaniston mustaqillikka erishgandan beri Yerevan va Ar-Riyod o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘q edi. Birinchi muloqot 2021 yil oktyabr oyida Armanistonning o‘sha paytdagi prezidenti Armen Sarkisyanning Saudiya Arabistoniga tashrifi bo‘lib, u valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashgan. 2023 yilning 24 noyabr kuni Armaniston va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA Armaniston Vaagn Xachatryan Karen Grigoryan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made