Armaniston Belarusdagi elchisini chaqirib oldi
Olam
−
13 iyun
4749Armanistonning Belarusdagi elchisi Razmik Xumaryan maslahatlashuvlar uchun Yerevanga chaqirildi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qildi.
“Armaniston Respublikasining Belarusdagi elchisi maslahatlashuvlar uchun Yerevanga chaqirildi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Aleksandr Lukashenko iqtidorda bo‘lgan paytda u ham, mamlakatning boshqa rasmiylari ham Belarusga bormasligini aytgandi. Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko KXSHTga a’zo davlat yetakchisi sifatida 44 kunlik urushni tayyorlashda qatnashgan va Ozarbayjonga g‘alaba tilagan.
Lukashenko 15-17 may kunlari Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borgan va bu safar davomida Qorabog‘da bo‘lgan edi.
LiveBarchasi