Armaniston AQSHga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Zangazur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olish niyatida ekani xabar qilingan edi. Biroq Armaniston suveren hududining uchinchi tomonga topshirilishi muhokama qilinmayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.

Ushbu izoh AQSHning Turkiyadagi elchisi Tom Barrakning bayonotiga javoban berildi. Barrakning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi muzokaralarning oldinga siljishiga yordam berish maqsadida Zangazur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olishga tayyor. Biroq Bagdasaryanga ko‘ra, mazkur masala muhokama qilinmayapti.

“Armaniston suveren hududining boshqaruvini uchinchi tomonga topshirishni muhokama qilmagan va bunday masalani muhokama qilmayapti. Armaniston Respublikasining hech bir qismi uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki yurisdiksiyasidan tashqarida bo‘lishi mumkin emas”, deydi u. 

Bagdasaryanning aytishicha, Armaniston qonunchiligiga ko‘ra, hududlar faqat qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ijaraga berilishi mumkin.

“Shu bois, AQSH elchisi tomonidan tilga olingan variant qonunan mumkin emas”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Zangazur koridori – bu transport loyihasi bo‘lib, u orqali Ozarbayjonning asosiy hududi bilan uning eksklavi – Naxichevon Avtonom Respublikasi o‘rtasida Syunik viloyati orqali aloqa o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Yo‘lning uzunligi taxminan 40 kilometrni tashkil etadi.

Armaniston “Zangazur koridori” atamasini rad etadi, chunki bu hududiy yaxlitligiga tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda Ozarbayjon koridor ustidan xalqaro nazorat bo‘lishini talab qilmoqda, chunki u Armaniston tomonidan erkin tranzitga kafolat berilishiga shubha qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Zangazur yo'lagi Nazeli Bagdasaryan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing