Armaniston AQSH bilan yadroviy energetika sohasida kelishuv imzolaydi

Olam

image

Armaniston hukumati AQSH bilan atom energetikasi sohasida hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuv imzolaydi. Shu haqdagi loyiha bugun, 1 iyun kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasining majlisida ma’qullandi.

“14 mart kuni Vashingtonda imzolangan Armaniston Yadro xavfsizligini tartibga solish qo‘mitasi va AQSH Yadro nazorati komissiyasi o‘rtasida yadroviy xavfsizlik masalalariga oid hamkorlik va texnik ma’lumotlar almashish bo‘yicha kelishuv tasdiqlansin”, deyiladi hukumat qarorida.

Bildirilishicha, tegishli hujjat imzolash uchun Armaniston Prezidentiga taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, Armanistonning Yadroviy xavfsizlikni tartibga solish qo‘mitasi 1995 yildan beri AQSH bilan hamkorlik qilib keladi. 1997 yil sentyabr oyida texnik hamkorlik shartnomasi imzolangan, unga ko‘ra Armaniston seysmik xavfsizlik va atom elektr stansiyalarida radioaktiv moddalarni saqlash bo‘yicha texnik yordam olgan. Shartnoma 2007 va 2017 yillarda uzaytirilgan. 2023 yil mart oyida esa kengaytirilgan shartnoma loyihasi ishlab chiqilgan. U AES xodimlarini qayta tayyorlash, shuningdek, xavfsizlik standartlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq qoidalarni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Armaniston yadroviy energetika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing