Arktikani ekologik halokat kutib turgani taxmin qilindi
Olam
−
19 iyun 2020
8753Fransiya va Shveysariya olimlari XXI asrda Shimoliy Muz okeanining yanada kuchli kislotalanishini taxmin qildi. Bunga sabab atmosferadan uglerod dioksidining dengiz suviga intensiv tushishi bo‘lib, ushbu modda havoda yoqilg‘ining yoqilishi oqibatida to‘planadi. Kelajakda bo‘ladigan ekologik halokat to‘g‘risida “Nature” jurnalda chop etilgan maqolada so‘z boradi.
Arktikadagi dengizlar atmosferadagi uglerod darajasi ko‘tarilishni davom ettirish sharti bilan 20 foizga ko‘proq karbonat angidridni yutishi taxmin qilinmoqda. Natijada dengiz suvining kislotaligi, ayniqsa, 200-1000 metr chuqurlikda oshadi. Ushbu qavatda kitlarning va boshqa hayvonlarning oziq-ovqat bazasini tashkil etuvchi qobiq mollyuskalari (midiya va krilonogiyalar) bo‘lgan ko‘plab jonli mavjudot turlari yashaydi.
Okeanning ortib borayotgan kislotaligi mollyuskalarning, marjonlarning, dengiz yulduzchalarining tashqi skeletlari shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu jonivorlarning yo‘qolishi Arktikaning oziq-ovqat zanjiriga salbiy ta’sir yetkazadi.
LiveBarchasi