Arqadag‘ o‘ziga dang‘illama qabr qazdiryapti
Olam
−
07 yanvar
39060Turkmanistonning Arqadag‘ shahrida mamlakatdagi eng ulkan masjid qurilishi jadal davom etmoqda, uning yonida esa Gurbanguli Berdimuhamedov maqbarasi quriladi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar qildi.
Davlat qurilish qo‘mitasiga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, har ikkala inshootni qurish bo‘yicha shartnoma sobiq prezidentning azaliy do‘sti Kakajan Tashliyevga tegishli shirkatga berilgan.
Unga ko‘ra, masjidning o‘ziga davlat byudjetidan 400 million dollardan ortiq summa ajratiladi. Maqbaraning narxi hozircha ma’lum emas. Bildirilishicha, ikkala bino ham “dang‘illama” qilib quriladi, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov nomi bilan ataluvchi Turkmanistondagi eng katta masjid "Saparmurod Turkmanboshi" uchun bundan to‘rt barobar kam mablag‘, 100 million dollar sarflangan. U 2004 yilda ochilgan, ikki yildan so‘ng Turkmanboshi vafot etgan.
Maqbara va masjid qurilishi rejalashtirilayotgan Arqadag‘ shahri Ahal viloyatida 2022-2023 yillarda Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik hokimiyatini o‘g‘li Serdarga o‘tkazganidan so‘ng noldan qurilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko hatto dafn marosimiga ketadigan xarajatlarni ham davlat zimmasiga yuklovchi qonunni qabul qilgan edi.
LiveBarchasi
04 noyabr