“Arqadag‘” turkman gazini Yevropaga yetkazib berish mumkinligini aytdi

Olam

image

Turkmaniston o‘z gazini Turkiya va Yevropaga yetkazib bera oladi. Bu haqda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov  ikki davlat o‘rtasida gaz bo‘yicha kelishuv imzolanganidan so‘ng ma’lum qildi.
 
Berdimuhamedovning Turkiyaga tashrifi yakunida bir qancha hujjatlar, jumladan, tabiiy gaz sohasida sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi ham imzolangan.

Bitim imzolangandan so‘ng Berdimuhamedov Turkmaniston gazi Turkiya va Yevropaga ikki yo‘l bilan – Kaspiy dengizi va Ozarbayjon orqali (Ashxobod va Baku dengiz chegarasi bo‘yicha shartnoma tuzishi bilanoq) yoki Eron bilan shartnoma tuzgandan so‘ng, uning gaz quvuri infratuzilmasi orqali olib o‘tilishi mumkinligini aytdi. Uning qayd etishicha., Turkmanistonning Galkinish konida 27 trillion kub metr gaz mavjud. 

Turkmanistonning yuqori martabali rasmiysining “Nikkei Asia”ga ma’lum qilishicha, Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib berish bilan bir vaqtda Turkiya va Yevropani ham ta’minlash uchun yetarli gaz zaxirasiga ega.

Ozarbayjonning yuqori martabali mulozimi ham kelishuvni qo‘llab-quvvatlab, uning mamlakati mavjud quvur infratuzilmasi orqali turkman gazining Turkiya va Yevropaga tranzitini ta’minlashga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 mart kuni Antaliya diplomatik forumida so‘zga chiqqan  Gurbanguli Berdimuhamedov jahon hamjamiyatida betaraflik normalari va amaliyotlaridan kengroq foydalanish kerakligini, bu ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishga yordam berishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Turkiya Evropa Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing