“Arqadag‘” To‘qayevga zotdor ot va it sovg‘a qildi (video)

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga Axaltekin zotli ot va turkman itini sovg‘a qildi.  Ular Turkmaniston poytaxti Ashxobodda uchrashgan. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

“Prezidentlarning Ashxoboddagi ot sporti majmuasiga tashrifi chog‘ida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga Axaltekin zotli ayg‘irini sovg‘a qildi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbariga turkman iti ham tuhfa qilindi”, deya yozib qoldirgan Berik Uali.

Ma’lumot uchun, Turkmanistondagi Axaltekin otlarining qadimiyligi 5 ming yilni tashkil etadi. Ushbu mamlakatda ularning soni 3 mingdan ortiq. Otlar o‘zining zotdorligi, go‘zalligi bilan ajralib turadi.

Axaltekin otlari Turkmanistonda o‘ziga xos iftixor belgisiga aylanib, davlat ramzining markazidan o‘rin olgan va qator xorijiy davlat rahbarlariga eng oliy hadya sifatida tortiq etilgan.

Mahalliy OAVda keltirilishicha, sovg‘a topshirilganidan so‘ng mehmonlarga ot minish shousi namoyish etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, To‘qayev va Berdimuhamedov o‘rtasidagi muzokaralar bugun bo‘lib o‘tadi. Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda turkman-qozoq hamkorligi masalalarini muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Arqadag'

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing