“Arqadag‘” Prezident taklifiga binoan Toshkentga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bugun, 4 oktyabr kuni Toshkentga keldi. 

Qayd etilishicha, Gurbanguli Berdimuhamedovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Bo‘lajak oliy darajali uchrashuv kun tartibiga O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Asosiy e’tibor savdo, transport va tranzit, energetika sohalaridagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga qaratilishi kutilmoqda.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama tadbirlar, shu jumladan Iqtisodiy forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, ko‘p qirrali sheriklikni jadallashtirishga qaratilgan hujjat va shartnomalarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing