“Arqadag‘” xonadonida to‘y bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 26 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning o‘g‘li Kerimguli Berdimuhamedovning to‘yi “Arqadag‘” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xronika Turkmanistan” xabar berdi.

Qayd etilishicha, to‘y sababli Turkmanboshi, Garashsizliq, Bitaraplik va Archabil xiyobonlari to‘sib qo‘yilgan. Politsiya xodimlari Ashxobodda, shuningdek, Choganli tumaniga olib boruvchi katta yo‘lda navbatchilik qilgan.

Turkman urf-odatlariga ko‘ra, Kerimgulining ota-onasi va buvisi Ogulgerek Berdimuhamedova qizning uyiga borib, unga ro‘mol bog‘lab, taqinchoqlar berishgan. Kuyovning qarindoshlari Xerrikgala qishlog‘iga kelguniga qadar kelinning qo‘shnilaridan kechgacha uylarini tark etishlari so‘ralgan. Ma’lum qilinishicha, kuyov kortejida 10 ta mashina bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Kerimguli Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning to‘ng‘ich o‘g‘li. U 2002 yilda tavallud topgan. Serdar Berdimuhamedovning undan tashqari 3 nafar qiz farzandi bor. Yangi kuyov otasi va bobosi bilan davlat televideniyesi xabarlarida tez-tez namoyish etiladi. U she’r va musiqa yozishi bilan tanilgan. 2022 yil iyun oyida Kerimguli otasi bilan kichik Hajga borgan. Biroq kelin haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

to'y Serdar Berdimuhamedov Kerimguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing