Qariyb 500 millionlik ”Arqadag‘” Berdimuhamedovning tug‘ilgan kuni uchun yaxshi sovg‘a bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining tug‘ilgan kunida Ashxobodning janubida joylashgan ”Arqadag‘” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda TDH davlat axborot agentligi xabar berdi.

”Arqadag‘” yoki o‘zbek tilida homiy — Prezident Berdimuhamedovning rasmiy unvoni.

Xabarga ko‘ra, mehmonxonada davlat rahbarini mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosarlari, Xalq Maslahati, Milliy Majlis Kengashi, vazirliklar, harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, Ashxobod hokimi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari kutib olgan.

Mehmonxonaning ochilish marosamida Berdimuhammedovga “kompozitsiyalar” deb nomlangan zarhal haykalchalar sovg‘a qilingan. 14 qavatli zamonaviy mehmonxona yarim doira shaklida qurilgan va u yuqoridan qaraganda taqaga o‘xshaydi.

Xabarga ko‘ra, “Bouygues Batiment International” kompaniyasi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni mehmonxona bo‘ylab ekskursiya qildirgan. Majmuaning “diqqatga sazovor joyi” — bu uning hududidan oqib o‘tadigan sun’iy daryo, shuningdek, oq uy shaklida qurilgan oshxona binosi.

Bundan tashqari, binoning 13-qavatida panoramali “Mekan” restorani joylashgan. Shuningdek, mehmonxona majmuasida bir nechta restoran, choyxona, internet-kafe, basseyn va SPA zonasi, bolalar hamda sport maydonchalari mavjud.

Qayd etilishicha, mehmonxona aprel oyida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Uning qurilishi taxminan 448 million AQSH dollariga baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Gurbanguli Ashxobod Berdimuhamedov ”Arqadag'”

Baholaganlar

523

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing