Aripov MDH hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishida qatnashdi
Jamiyat
−
09 iyun 2023
5115Joriy yilning 8-9 iyun kunlari Rossiyaning Sochi shahridagi Sirius federal hududida Yevroosiyo Kongressi, Yevroosiyo Hukumatlararo Kengashi, MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengashi majlislari, III Yevroosiyo Kongressi hamda “Yevrosiyo – bizning uyimiz” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etmoqda.
Tadbirlar davomida Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazgan.
Asosiy muhokama qilingan masalalar qatorida ikki tomonlama aloqalardan tashqari “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini yaratish muhokama qilingan. O‘zbekiston hukumati rahbari shu taklifni ilgani surgan va mazkur transport yo‘nalishi Rossiya va O‘zbekistonga yangi istiqbolli bozorlarni ochish imkonini berishini aytgan.
Ayni paytda MDH va YeOII davlatlari Hukumat rahbarlarining Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
LiveBarchasi