Aripov Qozog‘istonning yangi Bosh vazirini tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasining yangi Bosh vaziri Alixan Smailovni lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumati saytida xabar berildi. 

“Joriy yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, suhbat davomida Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni birgalikda izchil amalga oshirish, ochiqlik, an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ko‘p qirrali strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishni davom etirish ta’kidlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Alixan Smailov kecha, 11 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

50

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing