Aripov boshchiligida tun-u kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023 9980 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berdi. Jumladan, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tun-u kun ishlaydigan respublika shtabi tuzilishini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 8 sentyabr kuni sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, mazkur shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi. Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va qoloqliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga chora ko‘riladi.
Shuningdek, Prezident mutasaddilarga iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha chora ko‘rishni topshirgan. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘mni to‘liq ishlatish vazifasi qo‘yilgan.
Live
Barchasi