Aripov “Arqadag‘” bilan uchrashdi

Olam

image

Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi. 

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumda gi ishtirokini yuqori baholadi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Eron Islom Respublikasi vitse-prezidenti Isxoq Jahongiriy bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Abdulla Aripov Turkmaniston

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made