Aripov amaldorlarga dini yoki mansabini tanlashi kerakligini aytdimi?
Jamiyat
−
14 Sentabr 2023
28471Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov amaldorlarga dinni yoki davlatdagi ishini tanlashi kerakligini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni Abdulla Aripov boshchiligida Vazirlar Mahkamasi binosida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus majlis tafsilotlari noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
“Go‘yoki Bosh vazir amaldorlarga qarata dinni yoki davlatdagi ishini tanlashi kerakligini aytgandek qilib tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolarning diniy erkinligi va diniy e’tiqodi huquqiy jihatdan kafolatlab qo‘yilgan. Blogerlardan tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini, tarmoq foydalanuvchilaridan esa bunday mavzudagi xabarlarga umuman ishonmasliklarini so‘raymiz”, deydi Bekzod Hidoyatov.
LiveBarchasi