Argentinalik futbolchi Leopoldo Luke vafot etdi 

Sport

image

Argentinalik futbolchi, 1978 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Leopoldo Luke kecha, 15 fevral kuni 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasining Twitter'dagi sahifasida xabar berilgan. 

"Xayr chempion!" deb yozilgan tashkilot xabarida. 

Klubdagi faoliyati davomida Luke "Santos", "River Pleyt", "Rasing", "Rosario Sentral", "Union Santa-Fe", "Chakarita Xuniors" va "Tekstil Mandiyyu" klublarida o‘ynagan. 

Argentina terma jamoasi tarkibida u 44 ta uchrashuvda qatnashgan va ularda 22 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina futbolchi

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing