Argentinada vahimali zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Argentinaning San-Xuan viloyatida 6,4  balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda "Tiempo de San Juan" ma’lumot bergan. 

Zilzila natijasida butun hudud bo‘ylab elektr uzilgan, mahalliy aholi kuchli vahima ta’sirida uylaridan qochib ketgan, yo‘llarda katta yoriqlar paydo bo‘lgan.

Hodisa bugun, 19 yanvar kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan soat 08:00da) sodir bo‘lgan. 

Zilzila epitsentri Media-Agua shahrida 128 km chuqurlikda joylashgan. 

Manbada yozilishicha, kuchsizroq silkinishlar dastlabki zilziladan 20 daqiqa o‘tgach ham davom etgan, ular, ayniqsa, Kordova va Buenos-Ayresda sezilgan.

Zilzila natijasida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 1940 yillarning o‘rtalarida ham Argentinaning aynan shu hududida kuchli zilzila sodir bo‘lgan, natijada 10 ming kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing