Argentinada soliq xizmati tugatildi
Olam
−
23 Oktabr
7980Argentina hukumati soliq byurosi — Davlat daromadlari bo‘yicha federal idora (AFIP) tugatilib, uning o‘rniga soddalashtirilgan Daromadlar va bojxona nazorati agentligi (ARCA) tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda “Buenos Aires Times” nashri xabar berdi.
Prezident Xaver Miley idorasi AFIP’ni yopish “argentinaliklarning iqtisodiy va tijoriy erkinligiga to‘sqinlik qilayotgan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish uchun zarur” deb tushuntirdi.
“Har bir argentinalikka tegishli bo‘lgan narsa faqat unga tegishli, boshqa hech kimga emas. Hech bir hukumat byurokratiga argentinalikka o‘z mulki bilan nima qilish kerakligini aytish huquqi berilmasligi kerak”, deydi Argentina Prezidenti matbuot kotibi Manuel Adorni matbuot anjumanida.
3000 dan ortiq AFIP xodimlari avvalgi hukumat tomonidan ishdan bo‘shatiladi. Bu yiliga 6,4 milliard peso (taxminan 6,5 million dollar) tejash imkonini beradi.
“Yangi ARCA agentligi oddiyroq, samaraliroq, arzonroq va kamroq byurokratik tuzilma bilan ishlaydi”, deyiladi Prezident devoni xabarida.
Ma’lumot uchun, Xaver Miley Argentina Prezidenti lavozimini 2023 yil dekabrida egallagan. Saylov kampaniyasi davomida libertarian siyosatchi Markaziy bankni yopish va pesodan voz kechishga va’da bergandi.
LiveBarchasi