Argentina sudi Venesuela Prezidentini xalqaro qidiruvga berdi
Olam
−
24 Sentabr
2146Argentina federal sudi Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni inson huquqlarini buzganlikda ayblab, xalqaro qidiruvga berishga qaror qildi. Bu haqda “Accociated Press” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kecha, 23 sentyabr kuni Argentina federal sudi insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelloni zudlik bilan hibsga olishni buyurdi.
Sud qarori prokuror Karlos Stornellining apellyatsiyasiga javob sifatida qabul qilingan bo‘lib, avvalgi qaror ikkala Venesuela yetakchisiga nisbatan shikoyatni rad etgan.
Federal sud a’zolari Pablo Bertuzzi, Leopoldo Bruglia va Mariano Llorenslar Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va Diosdado Kabelloni hibsga olish orderlari zudlik bilan ijro etilishini va ularni Argentina Respublikasiga ekstraditsiya qilish maqsadida Interpol orqali xalqaro hibsga olinishini buyurgan.
Ma’lumot uchun, 28 iyul kuni Venesuelada 51,2 foiz ovoz bilan Maduro g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Tarafdorlari oldida so‘zlagan Prezident o‘zining muvaffaqiyati tinchlik va barqarorlik g‘alabasi ekanini va bu Venesuelaning saylov tizimi shaffofligini ko‘rsatayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel YeI Maduroning Venesuela Prezidenti etib qayta saylanishini tan olmasligini bildirgan edi.