Argentina rasman JSSTdan chiqdi

Olam

image

Argentina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidagi (JSST) a’zoligini to‘xtatdi. Qaror rasmiy bildirishnomadan bir yil o‘tib, kecha, 17 mart kuni kuchga kirgan. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Pablo Kirno bayonot berdi.

“Mamlakatimiz o‘z suverenitetini va sog‘liqni saqlash siyosati masalalarida qaror qabul qilish imkoniyatini to‘liq himoya qilgan holda, ikki tomonlama kelishuvlar va mintaqaviy forumlar orqali sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlikka ko‘maklashishda davom etadi”, deydi Kirno.

AQSH va Argentinaning JSSTdan chiqishi

Roppa-rosa bir yil oldin Argentina hukumati BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni JSST tarkibidan chiqish niyati haqida xabardor qilgan edi. Mamlakat Prezidenti Xaver Miley bu qadamni JSSTning COVID-19 pandemiyasi davrida yuritgan siyosatiga rozi emasligi bilan asoslagan.

Shunga o‘xshash qaror Argentinadan taxminan bir oy oldin AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ham qabul qilingan bo‘lib, u yanvar oyi oxirida kuchga kirgan edi. Shu tariqa, Qo‘shma Shtatlar 1948 yilda tashkil etilgan va 190 dan ortiq a’zoga ega bo‘lgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etgan birinchi davlat bo‘ldi. Tramp JSSTni korrupsiya, samarasizlik hamda Xitoy va boshqa davlatlarning siyosiy bosimiga yon berishda aybladi.

AQSH JSSTdan rasman chiqqandan so‘ng 260 million dollar qarz qoldirdi. AQSH va Argentinaning qarorlari munosabati bilan tashkilot rahbariyati xodimlar sonini qisqartirmoqda. Joriy yil yakuniga qadar xodimlarning 25 foizi ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti JSST Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing