Argentina Prezidenti Tramp bilan uchrashdi
Olam
−
15 noyabr
2233Argentina Prezidenti Xaver Miley amerikalik siyosatchining Mar-a-Lagodagi qarorgohida Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi doirasida AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda Janubiy Amerika respublikasi rahbari matbuot xizmati X’dagi sahifasida xabar berdi.
Davlat rahbari devoni “Prezident Xaver Miley saylangan prezident Donald Tramp va tadbirkor Ilon Mask bilan” degan sarlavhali suratni chop etdi.
“Uchrashuvda Argentina Prezidenti devoni bosh kotibi Karina Miley va tashqi ishlar vaziri Xerardo Verteyn ham ishtirok etdi”, deb xabar berdi matbuot xizmati.
Mileyning konferensiyadagi nutqi ham chop etildi, unda u yana bir bor Trampni g‘alabasi bilan tabrikladi va sotsializmni tanqid qildi. Videodan ko‘rinib turibdiki, Argentina Prezidentining nutqi dastlab rejalashtirganidan ham qisqaroq bo‘lgan.
Bu Mileyning 2023 yil dekabrida lavozimga kirishganidan beri AQSHga yettinchi safari. Davlat rahbari liberal demokratik davlatlar va G‘arb davlatlari, xususan, AQSH va Isroilni Argentinaning ustuvor hamkorlari deb bilishini bir necha bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina Prezidenti Xaver Miley hokimyat tepasiga kelgandan so‘ng Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Prezidentlariga yo‘llagan maktublarida BRICS davlatlararo assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish taklifini rasman rad etgandi. Keyinchalik u Argentinaning Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirdi.
LiveBarchasi