Argentina Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirdi (foto, video)

Olam

image

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats o‘zining ilk rasmiy safarini Isroilga uyushtirgan Argentina Prezidenti Xaver Mileyga mamlakatning Isroildagi diplomatik vakolatxonasini Quddusga ko‘chirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

"Argentina Prezidenti Miley mamlakatning Isroildagi elchixonasi Quddusga ko‘chirilganini e’lon qilganingiz uchun tashakkur", deb yozgan Kats o‘zining "X" (sobiq Twitter) dagi sahifasida. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Argentina elchixonasi Quddusga ko‘chirilganini e’lon qilgan Argentina Prezidenti Xaver Mileyning Isroilga kelishini iliq kutib olib, uning bu qarorini olqishlagan. 

Shuningdek, Miley Quddus shahrida joylashgan “Yig‘i devori”ga o‘zining maslahatchisi va Argentinaning Isroildagi elchisi  Aksel Vanish bilan tashrif buyurib, u yerda ibodat qilgan. 

Bugun, 7 fevral kuni esa Miley Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi va o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Vashington 2017 yilda Isroil poytaxtini Quddus deb tan olib, u yerga o‘z elchixonasini ko‘chirgan va 2020 yilda Jo Bayden AQSH prezidentligiga saylansa, mamlakatning Isroildagi elchixonasi Quddus shahrida qolishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona Argentina Isroil Xav'er Miley Yig'i devori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing