Argentina, Braziliya va Meksika urush masalasida Rossiyaga yoqadigan pozitsiyani e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Argentina, Braziliya va Meksika Ukrainadagi mojaroni qoralash bo‘yicha Amerika davlatlarining pozitsiyasiga qo‘shilishdan bosh tortdi va Rossiya uchun nisbatan ma’qul qarashlarini bildirdi. Kecha, 28 iyul kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan Amerika Mudofaa vazirlarining 15-konferensiyasi (CDMA) yakunida qabul qilingan deklaratsiya shundan darak bermoqda.

“Argentina va Braziliya o‘zlarining tashqi siyosatini tartibga soluvchi tamoyillarga muvofiq, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka erishishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining rolini tan oladilar va bu tashkilotni Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun tegishli vakolatlarga ega platforma deb hisoblaydilar”, deya izohlangan hujjatda ikki davlat pozitsiyasi.

Meksika, o‘z navbatida, Ukrainadagi vaziyat CMDA vakolatiga kirmaydi, deb hisoblaydi hamda Argentina va Braziliyaning BMTning roli haqidagi fikriga qo‘shiladi.

Shu bilan birga, Gaiti, Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Kanada, Kolumbiya, Paragvay, AQSH va Ekvador Ukrainadagi harbiy harakatlarni “yana qattiq qoralagan”, deyiladi hujjat matnida.

Amerika Mudofaa vazirlarining konferensiyasi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Harbiy idoralar boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1995 yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan. CDMA ishida jami 34 davlat vakillari ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

868

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing