Arda Guler Ronalduning rekordini yangiladi 

Sport

image

Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Arda Guler Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

18 iyun kuni Turkiya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Gruziya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborlisi, turklarning ikkinchi goliga 19 yoshli Arda Guler mualliflik qildi.

Shunday qilib, Arda 19 yoshu 114 kunligida Yevropa chempionatida debyut qilib, ilk o‘yindayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi va Yevroda debyutidayoq gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Gulergacha bu rekord 5 karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Ronaldu 19 yoshu 128 kunligida Yevropa chempionatida debyut qilib, gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Yevropa chempionatining 2-turida aynan Turkiya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘yin 22 iyun kuni soat 21:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya muxlislari Yevro-2024'dagi dastlabki g‘alabani avtoparad bilan nishonlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Krishtianu Ronaldu Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made