Arbeloa Trentga yangi klub izlashni aytdi – manba 

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klub futbolchisi Trent Aleksander-Arnoldga klubni tark etishi kerakligini bildirgan. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Arbeloa futbolchi bilan shaxsan uchrashib, unga kelasi mavsumda yetarli o‘yin amaliyoti berish niyatida emasligini va yangi klub topishi lozimligini aytgan. Xabarlarga qaraganda, klub rahbariyati ham yozgi transfer oynasida Aleksander-Arnoldni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.

27 yoshli himoyachi yozda “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida “Real Madrid” safiga qo‘shilgan. U “qirollik klubi” safida barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hozircha gol ura olmagan.

Ma’lumot uchun, Aleksander-Arnold “Liverpul” bilan faoliyati davomida ikki marta Angliya Premer-ligasi va Angliya Ligasi kubogini, shuningdek, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, UEFA Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Al'varo Arbeloa Trent Aleksander-Arnol'd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing