Arbeloa Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 17 mart kuni UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalda “Real Madrid” “Manchester Citi”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Shu orqali Madrid jamaosi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa noyob rekord qayd etdi. Bu haqda jurnalist Aleksis Martin-Tamayo xabar berdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, Arbeloa tarixda ilk bor Joze Mourino va Xosep Gvardiola jamoalariga qarshi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, ularni Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan chiqarib yuborgan murabbiyga aylandi.

Ta’kidlash joiz, avvalroq Yurgen Klopp va Diego Simeone ham Mourino hamda Gvardiola jamoalarini turnirdan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan, biroq ular pley-off bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmagan edi.

Ma’lumot uchun, pley-off bosqichida “Real Madrid” Mourinoning “Benfika”sini har ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi (1:0, 2:1). 

Shuningdek, 1/8 finalda Arbeloa shogirdlari Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti”ni ham ortda qoldirdi (3:0, 2:1).

Endilikda madridliklar chorak finalda “Bavariya” yoki “Atalanta” jamoalaridan biri bilan to‘qnash keladi. Ushbu juftlikning ilk o‘yinida nemis klubi 6:1 hisobida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Real Madrid” Al'varo Arbeloa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing