Arab shayxlari London klubini sotib olmoqchi

Sport

image

Qatarlik investorlar Londonning “Tottenxem” jamoasini sotib olishni maqsad qilgan. Bu haqda “Football London” nashri xabar berdi.
 
Manbaga ko‘ra, qatarliklar “shporlar”ning 89 foiz aksiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni olib bormoqda. Qolgan aksiyalar esa jamoaning amaldagi egalari “ENIC” kompaniyasi ixtiyorida qoladi. Shuningdek, arablar “Tottenxem”ning amaldagi prezidenti Daniel Levini lavozimida qoldirishga ham rozilik berishgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq, “Tottenxem” sotilishi va jamoaga 3,75 milliard funt narx qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Klubga Amerika va Yaqin Sharqdan bir nechta takliflar kelib tushgan, ammo hozircha ushbu narxni ko‘tara oladigan investor topilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem London Qatarlik investorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing