Arab-musulmon delegatsiyasi London va Parijni Isroilga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Londonga kelgan bir qator arab va islom davlatlari Tashqi ishlar vazirlari bilan G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Muzokaralarda Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Falastin, Turkiya, Indoneziya va Nigeriya Tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Arab Ligasi Bosh kotibi va Qatarning Londondagi elchisi ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilish ishtirokchilari asosiy e’tiborni garovga olinganlarni ozod qilish, G‘azo sektori aholisiga ko‘rsatilayotgan yordam hajmini oshirish, Isroil-Falastin inqirozini uzoq muddatli siyosiy yo‘l bilan hal etishga erishishga qaratgan.

"Ikki tomon o‘rtasidagi sulh garovga olinganlarni ozod qilish va Falastin xalqi uchun G‘azo sektoriga ko‘proq yordam olib kelish uchun muhim imkoniyatdir. Biz kelajak haqida o‘ylash uchun bundan qanday foydalanishimiz hamda Isroil uchun xavfsizlik, Falastin xalqi uchun tinchlik va barqarorlikni ta’minlaydigan tinch kelajakni qanday qurishimiz mumkinligini muhokama qildik", deydi Devid Kemeron.

Islom hamkorlik tashkiloti va Arab Ligasining G‘azo bo‘yicha aloqa guruhi Parijda ham bo‘lgan. Delegatsiya Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan qabul qilingan. Fransiya Tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna bilan bo‘lgan uchrashuvda Aloqa guruhi G‘azoda to‘liq va barqaror o‘t ochishni to‘xtatishni zudlik bilan ta’minlash muhimligini aytgan.

Delegatsiya IHT va Arab Ligasi mamlakatlari uchun BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari va xalqaro hamjamiyat tomonidan bu borada samarali va shoshilinch choralar ko‘rish ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.

Muloqot chog‘ida delegatsiya Isroilning jinoyatlariga ko‘z yumib bo‘lmasligini bildirib, mamlakatga ta’siri bo‘lgan barcha davlatlarni xalqaro huquq normalari asosida harakat qilishga, keng qamrovli tinchlik va muammoni hal qilish uchun chora ko‘rishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur guruh joriy yilning 11 noyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Arab Ligasi va Islom hamkorlik tashkilotining qo‘shma sammitida tuzilgan edi. Uning vakillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan davlatning poytaxtlari Pekin va Moskvadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. Endilikda ular Vashingtonga borishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Arab davlatlari ligasi Buyuk Britaniya Emmanuel' Makron Falastin Isroil G'azo Islom hamkorlik tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made