Aren Robben futbolchilik faoliyatini yana yakunladi

Sport

image

Niderlandiyaning “Groningen” klubi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Aren Robben futbolchilik faoliyatini rasman yakunladi.

Shu sababli mahalliy klubda  futbolchi sharafiga rasmiy marosim o‘tkazildi.

Robben “Groningen”da 2020 yilning yozidan buyon o‘ynab kelayotgandi. 2020/21 yilgi mavsumda 37 yoshli niderlandiyalik futbolchi klub safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan. Futbolchi o‘tgan mavsumning aksariyat qismini jarohati tufayli o‘tkazib yubordi.

Robben 2019 yilning yozida butsalarini “mixga ilgandi”, biroq bir yildan so‘ng “Groningen” bilan shartnoma imzolab, futbolga qaytganini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Robben professional futboldagi faoliyatini aynan shu klubda (2000—2002 yillar) boshlagandi. Shundan so‘ng PSV, “Chelsi”, “Real Madrid” va “Bavariya” kabi grant jamoalarda to‘p surib, ko‘plab sovrinlarga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Chelsi Real Bavariya Ar'en Robben Gollandiya Groningen

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing