Ar-Riyodda AQSH-Ko‘rfaz sammiti boshlandi

Olam

image

Bugun, 14 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Ko‘rfaz hamkorlik kengashi sammiti boshlandi. Tadbirning rasmiy qismini Saudiya Arabistonining “Al Ekhbariya” davlat telekanali namoyish etdi.

Uchrashuv AQSH Prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifi munosabati bilan o‘tkazildi, bu Amerika ma’muriyati rahbari Yaqin Sharq bo‘ylab safari doirasida tashrif buyurgan birinchi davlat bo‘ldi.

Sammit oldidan Tramp Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. AQSH va Suriya yetakchilarining Ar-Riyoddagi uchrashuvi so‘nggi 25 yildagi ilk uchrashuv bo‘ldi.

Sammitda Trampning o‘zidan tashqari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al-Xalifa, Quvayt amiri Shayx Mashaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh, Abu-Dabi valiahd shahzodasi BAA Prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Xolid bin Muhammad Ol Nahayon, shuningdek, Ummon Bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Asad bin Tariq Ol Said ishtirok etmoqda. Uchrashuv ishtirokchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi qator masalalarni muhokama qilishlari kutilmoqda.

Sammit mavzulari, xususan, Ukrainadagi mojarolar, shuningdek, G‘azo sektori, Livan, Sudan va Yamandagi mojarolarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, AQSH va Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Tramp Saudiya Arabistoniga davlat rahbari lavozimiga kirishganidan keyin birinchi davlat tashrifi bilan keldi. Yaqin Sharqqa safari doirasida AQSH Prezidenti Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga ham tashrif buyuradi. 

Tashrifning birinchi kunida AQSH va Saudiya Arabistoni o‘rtasida umumiy qiymati 600 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlar va sarmoyaviy majburiyatlar to‘plami imzolandi. Oq uy bayonotiga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik tarixidagi eng yirik iqtisodiy bitimdir.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Saudiya Arabistoni Ar-Riyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing