Markaziy osiyolik ikki ziyoratchi Makkada vafot etdi
Jamiyat
−
15 avgust 2019
9293Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini amalga oshirish vaqtida ikki nafar Tojikiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda “Avesto” nashri Dinshunoslik, xalq an’analari, marosimlari va udumlarini tartibga solish qo‘mitasi vakili Afshin Muqimga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ziyoratchilar hastalikdan vafot etgan. Ular 70 yoshda bo‘lgan va Makkada dafn etilgan.
Saudiya Arabistoni Tojikiston uchun Haj kvotasiga 5 ming o‘rin ajratgan. Ta’kidlanishicha, Tojikiston “Haj-2019” mavsumi uchun ajratilgan kvota to‘lmagan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Tojikistonda 6 ming kishi Haj ziyoratini amalga oshirgan.
LiveBarchasi