“Men kimman” - Zelenskiy Yangi yil tabrigida mavjud stereotiplarni parchalab tashladi
Olam
−
06 yanvar 2020
13886Yangi yil arafasida davlat rahbarlarining xalqiga tabrik yo‘llashi an’anaga aylangan. Odatda tabrikda yakunlangan yil davomida erishilgan yutuqlar tilga olinadi va kirib kelayotgan yilda bundanda kattaroq yutuqlarga erishish tilab qolinadi. Ammo Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Yangi yil tabrigi o‘zgachaligi bilan tillarga tushdi. Quyida o‘sha samimiy tabrik nutqi keltiriladi.
“Qadrli ukrainlar.
Odatda Prezidentlar Yangi yil tabrigida bizga YAIM o‘sishi, inflyatsiya tushishi, implementatsiya, diversifikatsiya va boshqa tushunarsiz terminlar haqida gapirishadi. Bir so‘z bilan aytganda bizning hayotimiz yaxshilanganiga, ammo biz buni hali payqamaganimizga ishontirishadi va shuning uchun, ko‘pincha murojaat vaqtida ovozni o‘chirib qo‘yamiz. Tezroq shampan vinosi, shprotli buterbrod va olivega o‘tish uchun u murojaatini yakunlashini kutamiz.
Bugun boshqacha bo‘ladi. Keling bugun har kim o‘ziga muhim savolning javobini beradi: men kimman? Ukraina Prezidenti, muvaffaqiyatli advokat, oddiy uy bekasi, mogilyankalik talaba-faylasuf, Cherkass viloyatilik agronom. Kimman men? Sharqda mamlakatni himoya qilayotgan sobiq fotograf? Italiyada idish-tovoq yuvayotgan sobiq fizik? Novosibirskda osmono‘par bino qurayotgan sobiq kimyogar? Boshqa joyga ko‘chib, shaxsiy ishini ochgan donetsklik shifokor? Yoki boshqa joyga ketib, ikki yil taksichilik qilib, yana qaytib kelgan lugansklik o‘qituvchi? Men kimman? O‘n yil chet elda yashab, Ukrainani internetda yaxshi ko‘ruvchimi? Qrimda barchasini yo‘qotib, Xarkovda hammasini noldan boshlagan odammi? Mamlakatdan qochib ketishni istayotgan ІT ustasimi? Yoinki uyiga qaytishni istagan asirmi?
Kimman men? O‘z ona tilini himoya qilayotgan frankovlikmi? O‘z ona tilisini avaylaydigan asli gurzuflikmi? Ona tilisini qadrlaydigan beregovolikmi? Yoki ona tilida gaplashayotgan kramatorlikmi? Ukrain tilini o‘rganganmi? Negaki davlat tilini bilish odatiy holat. Buni xohlamayotgan odammi? Men kimman? Soliqlarni to‘lovchimi? Yo‘llarni butlovchimi? Uyida it boquvchimi? Mallami? Musulmonmi? Eshitish qobiliyati past odammi? Zaytunni yoqtirmaydiganmi? Liberal? A’lochi? “Taxtlar o‘yini”ni ko‘rmagan? Sangvinik? Vegetarian? Metroda joy bermaydigan? Qon donori? Plastikdan voz kechgan? Bularning bari biznikilar. Bular ukrainlar. Boricha. Mukammal ham, muqaddas ham emas. Chunki shunchaki odamlar. Tiriklar. O‘zlarining kamchilik va “qumursqa”lari bilan. Ammo bizning pasportimizda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ukrain ekani ko‘rsatilmagan. “Vatanparvar”, “maloross”, “vatnik”, yoki “banderovets” bandlari yo‘q. U yerda yozilgan: huquq va majburiyatlari bo‘lgan “Ukraina fuqarosi”. Biz siz bilan juda farqlimiz.
Ho‘p, biz kimmiz? 73 foizi Prezidentni tanlagan. 25 foizi uni tan olmaydigan. Yoki saylovga bormaganlardanmi? Rojdestvoni 25 dekabrda nishonlaydiganlarmi? Yoki yettincha yanvarda? 100 yil belgisi borlardanmi? Yoki 2014 yilda uchrashganmi? Dunyodagi eng katta samolyotni qurgan yoki xavfsizlik kamari o‘rniga “zaglushka” qo‘yuvchilarmi? Jadanni o‘qiyapmiz yoki Maruvni eshityapmizmi? “Taqdir hazili” yoki “Uyda yolg‘iz”ni tomosha qilyapmizmi? “Dinamo”ga yoki “Shaxtyor” muxlislik qilyapmizmi? 8 martni nishonlaydiganmi? Yoki aksincha uni “yapaloqqush” sarqiti deguvchimi? Yakshanbada cherkovga boryapmizmi yoki shanbada hech nima qilmayapmizmi? Biz “Men seni sevaman” deydiganlarmiz. Bizning borimiz shu.
Bunday farqli insonlar qanday bir joyda yashaydi. Ajralib olish kerakmi? Ulkan to‘siq bilan ajralish kerakmi? Bizning farqli jihatlarimiz biror ahamiyatga egaligiga kim ishontirdi? Agar bunday bo‘lmasachi? O‘ylab ko‘ring, bizni oz narsa birlashtirib turibdimi? Biz buyuk ukrainlar bilan birdek faxrlanamiz. Shevchenko yoki Lesya Ukrainka saylovda kimga ovoz berganini bilib, ularni hurmat qilmay qo‘yarmidik? Agar Skovoroda yoki Xmelnitskiy NATO bo‘yicha turli qarashlarga ega bo‘lsa-chi? Kadenyuk va Lobanovskiy qaysi cherkovga borishi bizga muhimmi? Antonov va Korolyov avtomobil boji to‘g‘risida nima o‘ylashi? Stupka va Bikovning “normand shakli”ga qarashi-chi? Biz ularni boshqa narsa uchun qadrlaymiz, negaki biz aslida boshqa narsalarni qadrlaymiz.
Biz o‘zimiznikilar “Yevro”ga chiqqanida birdek quvondik. Ravon yo‘lda yurganda birdek mamnun bo‘lamiz. Birinchimiz tug‘ilganda birdek xursand bo‘lamiz. O‘g‘il yoki qizligi muhimmas. Biz slavyansklik yoki drogbichlik bo‘ladimi sevib qolsak, baxtli bo‘lamiz. Ternopoldagi askarlarimiz qabridagi xoch vatanparvarlikda bahslashmaydi. Bizning dengizchilar va asirlar qaytganida ukrain tilida so‘zlashuvchilar ham, rus tilida so‘zlashuvchilar ham, oddiy uy bekasi, omadli advokat va Ukraina Prezidenti ham quvonchdan yig‘ladi.
Tariximizda bizni birlashtiruvchi hodisalar oz emas. Biz esa onda-sonda yagona davlat bo‘lishga o‘rgandik. Yangi yilda har kuni yagona mamlakat bo‘lishimiz kerak. Bu bizning milliy g‘oyamiz bo‘lishi kerak. Davlatimiz kelajagi uchun birgalikda o‘zaro hurmat bilan yashashni o‘rganishimiz kerak. Axir biz, urush bo‘lmagan, o‘z fuqarolari va hududini qaytarib olgan mana shu istiqbolli va rivojlanayotgan mamlakatni birgalikda tashkil qilamiz. Ko‘cha yoritilgan va asfalt qilingani uchun uning nomi qanday ekani ahamiyatsiz bo‘lgan... Qanday haykal ostida sevgan qizini kutayotganining farqi bo‘lmagan... Agar biz kelajakni birgalikda ko‘rsak, bu bizni birlashtirishi kerak.
Qadrli ukrainlar! Yangi 2020 yilda hammamizga bir-birimizni hurmat qilishni, sog‘ bo‘lishni, kulish uchun imkoniyat va sabablar bo‘lishini tilayman. Hammaga yaxshi dam olish, shirin uyqu, ko‘p yeb qo‘ymaslik va, albatta, tongda yengil va yoqimli bosh aylanishini tilayman. Barchamizga tinchlik. Keling Ukrainani sevish, dunyoning qaysi burchagida tug‘ilishidan qat’i nazar barcha ukrainlarni sevish ekanini eslaymiz”.
LiveBarchasi