Olimlar qaysi mahsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqarishini ma’lum qilishdi
Salomatlik
−
14 dekabr 2019
8632Ovqatlanish ratsioniga to‘g‘ri amal qilmaslik, mahsulotlar iste’moliga e’tiborsiz qarash inson salomatligiga ziyon keltirishi ma’lum. Shunday mahsulotlar bor-ki, ularning iste’moli tufayli uyqusizlik me’yori buzilishi mumkin ekan.
Kolumbiya universiteti qoshidagi vrachlar va jarrohlar Kolleji olimlari uyqusizlikni chaqiruvchi mahsulotlarni aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.
Ilmiy ish mualliflari 50 ming nafar kishi tomonidan taqdim etilgan ovqatlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, shakar, oq non va guruchga o‘xshash mahsulotlar qondagi shakar miqdorining oshishiga, bu esa o‘z navbatida, uyqusizlik keltirib chiqarishga sabab bo‘lar ekan.
“Agarda qondagi shakar miqdori keskin oshsa, organizmingiz bu holatga reaksiya qiladi. Ya’ni, u insulin ishlab chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, uyqu me’yorini buzadigan adrenalin va kortizolga o‘xshash garmonlarning oshib ketishiga olib keladi”, - deydi mutaxassislar.
Olimlarning tavsiyasiga ko‘ra, ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritgan ma’qul, chunki ular uyquga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sarvar Rahimov
LiveBarchasi