“Buxoro shamoli” keltirgan talafotlar. Bosh prokuratura bayonot berdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 aprel kuni Buxoro viloyati bo‘ylab esgan kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etgan. Marhum vafoti yerga uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi natijasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ ga ma’lum qilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 27 aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro viloyatida 25 m/sek tezlikda shamol tezligi aniqlangan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat oqibatida viloyat bo‘yicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talofot ko‘rgan va 295 ta tabiiy gaz va elektr ta’minotida avariyalar sodir bo‘lgan, 31 nafar shaxs turli darajada jarohat olgan.

Bundan tashqari, Qorako‘l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli  tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o‘rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganligi ma’lum qilingan.

Bosh prokuraturaning ma’lumotiga ko‘ra, 27 aprel kuni  soat 21:30 larda Buxoro shahri, Husanxon Mushkin ko‘chasida yashovchi O‘.A. (1978 y.t., sudlanmagan, ishsiz) uyiga kelayotgan vaqtida viloyatda kuchli shamol bo‘lganligi oqibatida yerga uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing