Apreldan Xalq banki yangi qulaylikni ishga tushiradi
Jamiyat
−
13 mart 2019
6181Xalq bankining filiallari orqali keyingi oydan “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmasi” tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tahlili va bu borada belgilangan chora-tadbirlar” mavzuida tashkil etilgan anjumanda aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini doimiy monitoring qilib borish maqsadida “kyumatik” rusumidagi navbat kutish tizimi mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Shuningdek, qaror ijrosi doirasida 197 ta filialdan 185 tasida “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unga asosan front va bek ofisga ajratilgan holda xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan.
Ta’kidlanishicha, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda sinov tariqasida Toshkent shahri Amaliyot bo‘limi va Shayxontohur filiallarida “24/7 Elektron ofis”lar tashkil qilindi. Yana qo‘shimcha ravishda joriy yil davomida yana 20 ta shunday ofislar ishga tushirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi