Aprel oyi o‘rtalarida ozon teshigi yanada kengayishi aytildi

Olam

image

Arktika osmonida hosil bo‘lgan ulkan ozon teshigi aprel oyi o‘rtalariga kelib, yanada kengayadi. Bu haqda Yevropa fazoviy agentligi xabar bermoqda.

Ayni damda ushbu ozon teshigining maydoni 1 mln kv. km.ni tashkil qilmoqda.

Mutaxassislar uning paydo bo‘lishini atmosferadagi o‘zgacha sharoitlar bilan, xususan, ozon darajasining keskin pasayishiga olib kelgan stratosferadagi ayozli haroratlar bilan bog‘lashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, stratosferadagi ozon qatlami yerdagi hayotni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Antarktida ustida ozon tuynugi har yili kuzda hosil bo‘ladi va 3-4 oy davom etadi. Biroq bu galgi hodisa ilgarigiga qaraganda ancha katta ko‘lamda kuzatilishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arktika

Baholaganlar

1306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing