Apple va Oq uy koronavirusga qarshi ish boshladi

Olam

image

Apple kompaniyasi va Oq uy o‘zaro hamkorlikda “COVID-19” deb nomlangan ilova va veb-sayt ustida ishlayotganini rasmiy ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Ilovada foydalanuvchilarga koronavirus belgilari va xavf omillari haqida savollar beriladi va keyin tegishli tavsiyalar taqdim etiladi. Shuningdek, dasturda koronavirus infeksiyasi haqida tez-tez so‘raladigan savollarga javoblar yozib boriladi.

Apple foydalanuvchilarning javoblarini to‘plamasligini ma’lum qildi. Xabar berilishicha, sayt Windows tizimida ishlovchi kompyuterlar uchun, ilova esa turli platformalardagi telefonlar uchun ishlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 599 387 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 27 413 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 134 943 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Apple Oq uy

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing