Apple ham buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshlashi mumkin  

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi 2026 yilning ikkinchi yarmida o‘zining birinchi yig‘iladigan iPhone telefonini taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda “India Today” nashri xabar berdi.

Bunday smartfonlar ishlab chiqarish kompaniya uchun muhim bosqich bo‘ladi. Chunki u tez o‘sib borayotgan bukiladigan smartfonlar bozoriga innovatsiyalar va sifat uchun yangi standartlarni olib kirishi mumkin.

So‘nggi bir necha yil ichida Samsung, Huawei va Motorola kabi kompaniyalar tomonidan buklanadigan smartfonlar bozori barqaror o‘sgan. Agar Apple’ning buklanadigan iPhone’i chiqarilsa, u yig‘iladigan smartfonlar bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Apple’ning bunday smartfonlar bozoriga kirishi raqobatni kuchaytirib, bukiluvchi smartfonlar chidamliligini oshirishga majbur qiladi.

Buklanadigan qurilma kuchli chip, yuqori sifatli kameralar va Apple’ning zamonaviy dizayni xususiyatlariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, qurilma Apple’ning iOS tizimini qo‘llab-quvvatlashi mumkin, bu iCloud, Apple Music va Apple Pay kabi Apple mahsulotlari va xizmatlaridan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.

Bukiluvchan iPhone shunday qurilmalarga talabni oshirishi mumkin bo‘lsa-da, haqiqiy savol shundaki, u o‘z raqobatchilarining trayektoriyasini qanchalik o‘zgartira oladi. Javobni faqat vaqt ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni It’s Glowtime taqdimoti doirasida Apple yangi smartfonlar – iPhone 16 va iPhone 16 Plus bilan birga yubiley Watch 10, AirPods 4 va AirPods Max’ni taqdim etgandi.

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing