Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

APLning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Sport

image

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Mart oyida Premer-liganing ikkita o‘yinida portugaliyalik futbolchi ikkita gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi, “Manchester Yunayted” esa mumkin bo‘lgan 6 ochkodan 4 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Fernandesh faoliyati davomida birinchi marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, shuningdek, u Ueyn Runi va Robin van Persidan keyin mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi “qizil iblis”ga aylandi. 

Ma’lumot uchun, MYU APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 6 aprel kuni “Old Trafford”da bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Prem'er-liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing